30.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Maqolada aksiyologik yondashuv asosida bo'lajak o'qituvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirish metodikasini takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Nutq madaniyati o'qituvchilarning kasbiy faoliyatida muhim o'rin tutishi, ularning axloqiy-ijtimoiy qadriyatlariga asoslanib shakllantirilishi zarurati ko'rsatib o'tiladi. Tadqiqot jarayonida metodik yondashuvlar innovatsion elementlari, nutq madaniyatini oshirishda aksiyologik tamoyillarining roli, o'qituvchilarning pedagogik nutqini samarali rivojlantirish usullariga e'tibor qaratildi. Maqola nazariy va amaliy jihatdan nutq madaniyatini rivojlantirish mexanizmlarini takomillashtirish uchun asos yaratadi va o'qituvchilarning malakasini oshirishda yangi innovatsion metodlarni joriy etishning ahamiyatini ta'kidlaydi.
Keywords: aksiologik yondashuv, nutq madaniyati, bo'lajak o'qituvchilar, metodika, kasbiy rivojlanish, pedagogik nutq, innovatsion metodlar.