24.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Ushbu maqolada Yunusobod tumani hududi uchun Global Navigation Satellite System (GNSS) texnologiyalari asosida mahalliy koordinata tizimi parametrlarini aniqlash masalalari yoritilgan. Tadqiqotning maqsadi global koordinata tizimida (WGS-84) olingan nuqta koordinatalarini mahalliy koordinata tizimiga yuqori aniqlikda o‘tkazish uchun zarur transformatsiya parametrlarini aniqlashdan iborat. Tadqiqot jarayonida GNSS o‘lchovlari asosida tayanch nuqtalar koordinatalari aniqlanib, global va mahalliy tizimlar o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilindi. Hisoblashlarda 7 parametrli Helmert transformatsiya modeli qo‘llanilib, fazoviy siljishlar (ΔX, ΔY, ΔZ), aylanish burchaklari (Rx, Ry, Rz) va masshtab koeffitsienti (m) aniqlangan. Natijalar shuni ko‘rsatadiki, ishlab chiqilgan parametrlar koordinatalarni global tizimdan mahalliy tizimga ishonchli va aniqlik bilan o‘tkazishni ta’minlaydi hamda geodeziya va kadastr ishlarida samarali qo‘llanilishi mumkin.
Keywords: GNSS, Global Navigation Satellite System, koordinata tizimi, mahalliy koordinata tizimi, WGS-84, transformatsiya parametrlari, geodeziya, kadastr, RTK o‘lchovlari, statik o‘lchov, fazoviy siljish, masshtab koeffitsienti.