24.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Ushbu maqolada Surxon vohasining (Surxondaryo viloyati) zamonaviy turizm salohiyati, uning mintaqa iqtisodiyoti va ijtimoiy hayotidagi oʻrni hamda rivojlanish bosqichlari atroflicha tahlil qilingan. Vohaning paleolit davridan boshlab oʻrta asrlargacha boʻlgan noyob arxeologik yodgorliklari, buddaviylik madaniyati merosi hamda islomiy ziyoratgohlari tarixiy turizm nuqtai nazaridan yoritilgan. Shuningdek, hududning ekologik jozibadorligini belgilovchi Sangardak sharsharasi, Omonxona shifobaxsh bulogʻi va Xoʻjaikon tuz gʻori kabi tabiiy inshootlarning imkoniyatlari oʻrganilgan. Maqolada turizm infratuzilmasini yaxshilash, oilaviy mehmon uylarini tashkil etish va mintaqada "Xavfsiz turizm" tizimini joriy etishning mahalliy aholi bandligini taʼminlashdagi samaradorligi statistik maʼlumotlar asosida koʻrsatib berilgan.
Keywords: Surxon vohasi, turizm salohiyati, ziyorat turizmi, ekoturizm, Sangardak, Omonxona, Xavfsiz turizm, infratuzilma.