AMIR TEMUR HOKIMIYATINI MUSTAHKAMLASHDA TERMIZNING O‘RNI

24.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6

Abstract. Ushbu maqolada Amir Temur va Temuriylar davrida Termiz shahrining harbiy-strategik, siyosiy hamda ma’naviy hayotdagi o‘rni tadqiq etiladi. Tarixiy manbalar asosida Termizning Sohibqiron hokimiyatini mustahkamlashdagi hissasi, Termiz sayyidlarining davlat boshqaruvidagi ma’naviy ta’siri, Sayyid Barakaning Amir Temur hokimiyatini qonuniylashtirishdagi roli, shuningdek, Temuriylar va Termiz sayyidlari o‘rtasidagi sulolaviy aloqalar tahlil qilinadi. Maqolada Termizning “Madinat ar-rijol” (“Mardlar shahri”) sifatidagi nufuzi, Amudaryo kechuvining strategik ahamiyati hamda Temuriylar davridagi iqtisodiy va madaniy taraqqiyot jarayonlari yoritilgan.

Keywords: Amir Temur, Termiz, Termiz sayyidlari, Sayyid Baraka, Madinat ar-rijol, Amudaryo kechuvi, Temuriylar, sulolaviy nikohlar, Zaynab Sultonbegim, Zafarnoma.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor