DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKDA RISKLARNI TAQSIMLASHNING HUQUQIY ASOSLARI VA AMALIY MUAMMOLARI

24.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6

Abstract. Ushbu maqolada davlat-xususiy sheriklik (DXSh) munosabatlarida risklarni taqsimlash mexanizmlarining huquqiy asoslari, ular bilan bog‘liq amaliy masalalar va zamonaviy yondashuvlar tahlil qilinadi. DXSh — davlatning ijtimoiy-iqtisodiy infratuzilmani rivojlantirishdagi muhim vositalaridan biri bo‘lib, unda loyihalarning samaradorligi ko‘p jihatdan risklarning to‘g‘ri, oqilona va huquqiy jihatdan asoslangan tarzda taqsimlanishiga bog‘liq. Maqolada O‘zbekiston qonunchiligi, xalqaro tajriba, DXSh loyihalarida mavjud risk turlari, ularni baholash va taqsimlash mexanizmlari, shuningdek, amaliyotda uchraydigan muammolar yoritiladi. Yakunda risklarni samarali boshqarish bo‘yicha taklif va tavsiyalar beriladi.

Keywords: Davlat-xususiy sheriklik, risklarni taqsimlash, huquqiy asoslar, DXSh shartnomasi, investitsion xavf, infratuzilma, davlat kafolati, iqtisodiy xavfsizlik, xususiy sektor, boshqaruv mexanizmi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor