24.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Ushbu ilmiy tadqiqotda bachadon bo‘yni saratonoldi kasalliklarini barvaqt aniqlashni mukammallashtirish maqsadida yuqori xavfli odam papilloma virusi (hr-HPV) molekulyar differensiasiyasini suyuqlik asosiga qurilgan yupqa qatlamli sitologiya (LBC) bilan birgalikda klinik qo‘llanilishi o‘rganilgan. Skrining tizimlaridan farqli o‘laroq, virusning aniq onkogen profillarini (xususan, 16, 18, 31 va 45-tiplarni) alohida ajratish aniq klinik triaj uchun mustahkam poydevor yaratadi. 135 nafar yuqori xavf guruhidagi ayollarning dynamic longitudinal tahlili davomida ushbu genotipga asoslangan ko-testlash modeli og‘ir darajadagi epitelial o‘zgarishlarni aniqlashda 99.3% diagnostik sezuvchanlik ko‘rsatib, soxta-salbiy natijalarni bartaraf etish va asossiz invaziv bachadon bo‘yni muolajalarini kamaytirish imkoniyatini isbotladi.
Keywords: molekulyar onkologiya, odam papilloma virusini genotiflash, suyuqlik sitologiyasi, bemorlar stratifikasiyasi, diagnostik sezuvchanlik, epitelial neoplaziya, klinik triaj, profilaktik ginekologiya.