22.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada korrupsiyaga qarshi kurashishda whistleblower (xabar beruvchi)larni himoya qilish institutining nazariy-huquqiy asoslari, xalqaro standartlari hamda O‘zbekiston Respublikasida ushbu institutni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi, Yevropa Ittifoqining 2019/1937-sonli Direktivasida belgilangan standartlar hamda AQSH, Buyuk Britaniya, Janubiy Koreya va Yevropa davlatlari tajribasi o‘rganilgan. Shuningdek, O‘zbekistonda korrupsiya haqida xabar bergan shaxslarni rag‘batlantirish va himoya qilishga qaratilgan huquqiy mexanizmlar, mavjud muammolar va istiqbolli rivojlanish yo‘nalishlari tahlil qilingan. Tadqiqot natijasida whistleblowerlarni himoya qilishning samarali modeli sifatida huquqiy kafolatlar, institutsional mustaqillik, maxfiylikni ta’minlash va qasos choralaridan himoyalash mexanizmlarining o‘zaro uyg‘unligi asoslab berilgan.
Keywords: whistleblower, korrupsiya, xabar beruvchi, korrupsiyaga qarshi kurashish, xalqaro standartlar, manfaatlar to‘qnashuvi, himoya mexanizmi, huquqiy kafolatlar, maxfiylik, anti-korrupsiya siyosati.