19.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Ushbu maqolada Toshkent shahri Shayxontohur tumani hududida mahsulotlarni tez yetkazib berish xizmatini tashkil etishda geoinformatsion texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlari ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot logistika faoliyatini takomillashtirish hamda transport oqimi bilan bog‘liq muammolarni kamaytirishga qaratilgan. ArcGIS Pro dasturi yordamida yo‘l infratuzilmasi va xizmat ko‘rsatish nuqtalari tahlil qilinib, optimal harakat yo‘nalishlari aniqlangan. Olingan natijalar ushbu yondashuvning amaliy samaradorligini ko‘rsatib, yetkazib berish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish imkonini beradi.
Keywords: ArcGIS Pro tarmoq analizi, fazoviy modellashtirish, geofazoviy ma’lumotlar, geoinformatsion tizimlar (GAT), logistika tizimi, marshrutlarni optimallashtirish, transport oqimi, veb-GIS.