19.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Ushbu maqolada musiqa madaniyati fanining o‘quvchilar milliy tafakkurini shakllantirish va rivojlantirishdagi vazifalari tahlil qilinadi. Milliy musiqa merosi, xalq qo‘shiqlari, milliy cholg‘u sozlari va maqom san'atining ta'lim jarayoniga integratsiyasi ko‘rib chiqiladi. O‘zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari va musiqa pedagogikasi sohasidagi ilmiy asoslar tahlili orqali musiqa darslarida milliy tafakkurni oshirishning samarali yo‘llari tavsiya etiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, musiqa madaniyati fanini to‘g‘ri tashkil etish o‘quvchilarda milliy o‘zlikni anglash, vatanparvarlik hissi va madaniy identitetni mustahkamlashga bevosita xizmat qiladi.
Keywords: milliy tafakkur, musiqa madaniyati, milliy meros, maqom san'ati, milliy cholg‘ular, vatanparvarlik tarbiyasi, madaniy identitet, musiqa pedagogikasi.