16.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada boshlang‘ich tayyorgarlik guruhlarida shug‘ullanuvchi yosh suzuvchilarga chalqancha suzish texnikasini o‘rgatishda innovatsion pedagogik yondashuvlardan foydalanish masalalari yoritilgan. Tadqiqot davomida interfaol metodlar, videotasvir tahlili, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hamda o‘yin texnologiyalarining suzish texnikasini o‘zlashtirish samaradorligiga ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalar innovatsion yondashuvlar yosh sportchilarning texnik tayyorgarligi, harakat koordinatsiyasi va mashg‘ulotlarga qiziqishini oshirishda muhim ahamiyat kasb etishini ko‘rsatdi.
Keywords: suzish, chalqancha suzish, innovatsion pedagogika, yosh suzuvchilar, interfaol metodlar, videotasvir tahlili, texnik tayyorgarlik.