16.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada turizm sohasidagi terminlarning ingliz tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilinishida yuzaga keladigan lingvistik, semantik va madaniy muammolar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida turizmga oid matnlar, reklama materiallari va rasmiy hujjatlar asosida terminlarning ekvivalentlik darajasi, polisemiya, terminologik lakunalar hamda neologizmlarning tarjima xususiyatlari o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, turizm terminlarini tarjima qilishda ekvivalentlarning yetishmasligi, madaniy tafovutlar va terminologik standartlarning mavjud emasligi asosiy muammolar hisoblanadi. Tadqiqotda ushbu muammolarni bartaraf etish maqsadida yagona terminologik baza yaratish, tarjima strategiyalarini takomillashtirish va soha mutaxassislari malakasini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Keywords: turizm terminologiyasi, tarjima muammolari, ekvivalentlik, polisemiya, terminologik lakuna, neologizm, madaniy moslashuv, tarjimashunoslik, terminologiya, o‘zbek tili.