13.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Bugungi kunda sun’iy intellekt va raqamli texnologiyalar ta’lim tizimida keng qo‘llanilmoqda. Bu esa talabalarning o‘qishga bo‘lgan qiziqishi va psixologik motivatsiyasiga qanday ta’sir ko‘rsatishi masalasini dolzarb qilib qo‘ymoqda. Mazkur maqolada raqamli ta’lim muhitida sun’iy intellekt vositalaridan foydalanish va talabalarning psixologik motivatsiyasi o‘rtasidagi bog‘liqlik tahlil qilinadi. Tadqiqotda ilmiy adabiyotlar o‘rganilib, psixologik yondashuvlar tahlil qilinadi hamda talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rovnoma natijalari asosida xulosalar chiqariladi. Olingan natijalar oliy ta’lim muassasalarida sun’iy intellekt vositalaridan oqilona foydalanish va talabalarning motivatsiyasini qo‘llab-quvvatlashga doir tavsiyalar ishlab chiqishga yordam beradi. Tadqiqot natijalari raqamli ta’lim jarayonida sun’iy intellekt vositalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Keywords: Raqamli ta’lim, sun’iy intellekt, psixologik motivatsiya, ichki motivatsiya, talaba, oliy ta'lim, Psixologik yondashuv.