09.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada yosh velosportchilarning maxsus jismoniy tayyorgarligini takomillashtirishda tezlik va chidamlilik sifatlarini rivojlantirishning samarali mashq tizimlari tahlil qilingan. Velosportda yuqori natijalarga erishish uchun sportchilarning funksional imkoniyatlarini oshirish, aerob va anaerob quvvatini rivojlantirish hamda mashg‘ulot yuklamalarini ilmiy asosda rejalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Tadqiqot davomida intervalli mashqlar, takroriy usul va uzluksiz yuklama mashqlarining yosh velosportchilar organizmiga ta’siri o‘rganildi. Olingan natijalar tezlik va chidamlilik sifatlarini kompleks rivojlantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar sport natijalarining sezilarli yaxshilanishiga xizmat qilishini ko‘rsatdi.
Keywords: yosh velosportchilar, maxsus jismoniy tayyorgarlik, tezlik, chidamlilik, intervalli mashg‘ulot, aerob quvvat, anaerob quvvat, sport natijalari.