08.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Ushbu maqolada raqamli balandlik modeli (DEM) va global navigatsion sun'iy yo'ldosh tizimi (GNSS) texnologiyalari yordamida suv inshootlarini uzluksiz monitoring qilish hamda favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik ko'rish masalalari ko'rib chiqiladi. Tadqiqot Sirdaryo viloyatining Mirzaobod tumani — xususan, Sardoba suv ombori hududi misolida olib borildi. Copernicus GLO-30 platformasidan olingan 30 metrli DEM ma'lumotlari, SOUTH Galaxy G9 GNSS qurilmasi orqali olingan dala o'lchovlari va Google Earth Pro balandlik ma'lumotlari ArcGIS dasturida qayta ishlandi hamda o'zaro taqqoslandi. Pearson korrelyatsiya tahlili natijasida GNSS va DEM o'rtasida 98%, GNSS va Google Earth Pro o'rtasida 94% mos kelish ko'rsatkichi aniqlandi. Olingan DEM modeli asosida suv ombori atrofidagi xavfli zonalar, suvning tarqalish yo'nalishlari va evakuatsiya marshrutlari belgilandi. Maqolada shuningdek, Sardoba suv ombori to'g'oni buzilishi (2020-yil) hodisasi tahlil qilinib, raqamli relyef modellarining favqulodda vaziyatlarni oldindan bashorat qilishdagi ahamiyati asoslab beriladi.
Keywords: DEM, GNSS, suv ombori monitoring, favqulodda vaziyat, Sardoba, ArcGIS, Google Earth Pro, geofazoviy tahlil, suv toshqini, evakuatsiya.