TUYA TOVON (ALHAGI SPP.) O'SIMLIGINING FITOKIMYOVIY TARKIBI VA FARMAKOLOGIK XUSUSIYATLARI: NCBI MA'LUMOTLARI ASOSIDAGI TIZIMLI SHARH

06.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6

Abstract. Ushbu sharh maqolada burchoqdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub boʻlgan dorivor tuya tovon (Alhagi spp.) turkumining fitokimyoviy tarkibi va zamonaviy farmakologiyadagi istiqbollari NCBI, PubMed. Tadqiqotlar shuni koʻrsatadiki, Alhagi spp. tarkibida flavonoidlar (kversetin,kemferol, rutin), fenol kislotalari, alkaloidlar, polisakaridlar, sterollar va efir moylari kabi biologik faol moddalarning boy kompleksi mavjud. Mazkur birikmalar oʻsimlikning antioksidant, yalligʻlanishga qarshi, antimikrob, siydik haydovchi, gepatoprotektorlik hamda oʻsmalarga qarshi xususiyatlarini belgilaydi. Maqolada oʻsimlik ekstraktlarining biotexnologik potensiali, xususan, in vitro toʻqima kulturalari yordamida ikkilamchi metabolitlarni ajratib olish va farmatsevtika sanoatida yangi fitopreparatlar yaratishdagi ahamiyati ilmiy jihatdan batafsil asoslab berilgan.

Keywords: Alhagi spp., tuya tovon, fitokimyo, flavonoidlar, farmakologik faollik, NCBI, PubMed, biotexnologiya, ikkilamchi metabolitlar, klinikgacha boʻlgan tadqiqotlar.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor