06.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada Xorazm viloyati sharoitida mosh o‘simligida simbioz bakteriyalarning rivojlanishi, ildiz tuganaklari hosil bo‘lishi va hosildorlikka ta’siri o‘rganilgan. Tadqiqot natijalari Rhizobium asosidagi biologik preparatlar qo‘llanilganda tuganaklar soni va massasi ortishi, biologik azot fiksatsiyasi faollashishi hamda o‘simliklarning o‘sish va rivojlanish ko‘rsatkichlari yaxshilanishini ko‘rsatdi. Shuningdek, biologik preparatlar qo‘llangan variantlarda don hosildorligi va tuproq unumdorligi nazoratga nisbatan yuqori bo‘lgani aniqlandi.
Keywords: mosh, Vigna radiata, simbioz bakteriyalar, ildiz tuganaklari, hosildorlik, tuproq unumdorligi, biologik preparatlar, Xorazm viloyati.