1917-YIL FEVRAL INQILOBI VA UNING TURKISTONGA TA’SIRI

05.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6

Abstract. Ushbu maqolada 1917-yil Rossiya imperiyasida sodir bo‘lgan Fevral inqilobi natijasida podsho hokimiyatining ag‘darilishi, mamlakatda siyosiy boshqaruvning Muvaqqat hukumat qo‘liga o‘tishi hamda bu jarayonlarning Turkiston o‘lkasidagi ijtimoiy-siyosiy hayotga ko‘rsatgan ta’siri yoritilgan. Fevral inqilobidan so‘ng imperiya hududlarida, jumladan Turkistonda ham siyosiy faollik kuchaydi, mahalliy aholining huquqiy-siyosiy ongida sezilarli o‘zgarishlar yuz berdi. Shuningdek, maqolada Fevral inqilobidan keyingi davrda Turkistonda milliy davlatchilik g‘oyalarining kuchayishi, mahalliy ziyolilar tomonidan o‘lkaning siyosiy taqdirini mustaqil belgilashga intilish jarayonlari ochib berilgan. Aynan shu tarixiy sharoitda Turkiston muxtoriyati g‘oyasi siyosiy maydonga chiqdi. Bu g‘oya mahalliy aholining o‘z taqdirini o‘zi belgilash, boshqaruvda ishtirok etish, ijtimoiy adolat va milliy tenglikka erishish istaklari bilan chambarchas bog‘liq edi. Shu bois Fevral inqilobi Turkiston tarixida nafaqat Rossiya imperiyasi siyosiy tuzumining yemirilishi bilan bog‘liq hodisa, balki milliy uyg‘onish, siyosiy faollik va muxtoriyat uchun kurashning yangi bosqichini boshlab bergan muhim tarixiy burilish sifatida baholanadi.

Keywords: Fevral inqilobi, ikki muxtoriyat davri, Muvaqqat hukumat Turkiston komiteti, milliy uyg’onish harakati, Sho’roi Islomiya, Sho’roi Ulamo.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor