INGLIZ TILINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY RAQAMLI PLATFORMALARNING METODIK AHAMIYATI

04.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6

Abstract. Mazkur maqolada ingliz tilini o‘qitish jarayonida zamonaviy raqamli platformalardan foydalanishning metodik asoslari, pedagogik imkoniyatlari hamda ta’lim samaradorligiga ta’siri ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Hozirgi raqamlashtirish va globallashuv sharoitida xorijiy tillarni o‘qitishda innovatsion texnologiyalarni qo‘llash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Tadqiqotda Google Classroom, Moodle, Kahoot, Quizizz, Duolingo, Zoom va boshqa raqamli platformalarning ingliz tili darslarini tashkil etishdagi o‘rni, ularning interaktiv ta’lim muhitini yaratishdagi ahamiyati hamda o‘quvchilarning kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishdagi metodik xususiyatlari yoritilgan. Maqolada raqamli platformalar yordamida tinglab tushunish, o‘qish, yozish va og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirish imkoniyatlari tahlil etilib, multimedia vositalari, elektron resurslar va masofaviy ta’lim texnologiyalarining dars jarayonidagi samaradorligi ochib beriladi. Shuningdek, zamonaviy platformalardan foydalanish o‘quvchilarning mustaqil fikrlashini shakllantirishi, ularning darsga bo‘lgan qiziqishi va motivatsiyasini oshirishi, ta’lim jarayonida individual yondashuvni ta’minlashi asoslab berilgan. Tadqiqot davomida raqamli texnologiyalar asosida tashkil etilgan darslarning an’anaviy ta’lim shakllariga nisbatan samaraliroq ekani ilmiy manbalar va metodik qarashlar asosida tahlil qilingan. Bundan tashqari, maqolada raqamli ta’limni joriy etish jarayonida uchraydigan texnik, metodik va tashkiliy muammolar ham ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari ingliz tilini o‘qitish metodikasini takomillashtirish, ta’lim sifatini oshirish hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni amaliyotga keng joriy etishda muhim ilmiy-amaliy аҳamiyatга ega.

Keywords: raqamli platforma, ingliz tili ta’limi, innovatsion texnologiya, interaktiv metod, multimedia vositalari, AKT, kommunikativ kompetensiya, masofaviy ta’lim, elektron resurs, mobil ilova, onlayn platforma, metodika, ta’lim samaradorligi, pedagogik texnologiya.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor