MATEMATIK ANALIZNING ZAMONAVIY FAN VA TEXLOGOYADAGI O’RNI

04.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6

Abstract. Mazkur ilmiy maqolada matematik analiz fanining zamonaviy hayot va texnologiya bilan bog’liqligi va uning hayotga tatbiqi haqida gap boradi. Matematik Analiz ayniqsa uning zamonaviy rivojlanishida sezilarli darajada kengayib yangi sohalarga kirib bormoqda. Muammoning asosiy qismlari sifatida funksiya va uning tatbiqlari, limit, differensial va integral hisoblarining amaliy qo’llanilishi, hamda ularni tibbiyot, operatsion va fazoviy hayotda qo’llanilishi. Matematik analiz fani barcha fanlarni poydevori sifatida xizmat qiladi. Hozirgi kunda zamonaviy IT va sun’iy intellekt tizimlari to’liq matematik analiz qonuniyatlari asosida olib boriladi va shu haqida gapirib o’tamiz. Alohida e’tibor zamonaviy texnologiyalar davrida matematik analizning tutgan o‘rniga qaratilgan bo‘lib, unda kompyuter dasturlari (Matlab, Mathematica, Python), Katta ma'lumotlar (Big Data) tahlili va Mashina o‘rganish (Machine Learning) algoritmlarining qo‘llanilish imkoniyatlari bayon etilgan. Xulosa sifatida, matematik analizning fizik, iqtisodiy va muhandislik masalalarini samarali yechishdagi roli hamda kelajakdagi ilmiy taraqqiyotdagi ahamiyati ta’kidlanadi.

Keywords: Matemetik analiz, zamonaviy muammolar, funksiya, differensial va integral hisoblash, limitlar, sun’iy intellekt, fazolar, Big data, operatsion yondashuv, fazoviy yondashuv, matematik model, topologik fazolar


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor