04.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6
Abstract. Mazkur maqolada Alisher Navoiy qit’alarida xalq og‘zaki ijodi elementlarining poetik funksiyasi tadqiq etiladi. Shoir qit’alarida xalq hikmatlari, maqollar, tasavvufiy qarashlar hamda xalqona tafakkur namunalarining badiiy talqini tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida Navoiy qit’alaridan namunalar asosida xalq og‘zaki ijodiga xos motivlar, ramzlar va hikmatlarning poetik vazifasi yoritilgan. Natijada qit’a janrining xalq donishmandligini ifodalashdagi o‘rni hamda Navoiy ijodida folklor an’analarining badiiy-estetik ahamiyati ochib berilgan.
Keywords: Alisher Navoiy, qit’a, folklor, xalq og‘zaki ijodi, poetik funksiya, xalq hikmati, tasavvuf, badiiy talqin, xalqona tafakkur, poetika.