MIJOZLAR BILAN ISHLASH TIZIMINING IQTISODIY MOHIYATI VA AHAMIYATI

03.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6

Abstract. Ushbu maqolada mijozlar bilan ishlash tizimining iqtisodiy mohiyati va korxona faoliyatidagi ahamiyati chuqur o‘rganib chiqildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, samarali mijozlar bilan ishlash tizimini joriy etish korxonalarda mijozlar ehtiyojlarini aniq aniqlash, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, xaridorlar sodiqligini mustahkamlash hamda daromad va raqobatbardoshlikni sezilarli darajada yuksaltirishga sababchi bo‘ladi. Shu bilan birga, zamonaviy axborot texnologiyalari, raqamli platformalar va mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish vositalari orqali korxonalarning bozor talablariga moslashuvchanligi, boshqaruv samaradorligi va strategik qarorlar qabul qilish imkoniyatlari kengayadi. Tadqiqot korxona rahbariyati, xodimlar va mijozlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik hamda mijozlarga yo‘naltirilgan boshqaruv tamoyillari ushbu tizimning natijadorligini yanada oshirishini isbotlaydi. Mijozlar bilan ishlash tizimini korxona faoliyatida muntazam takomillashtirib borish barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga, mijozlar bazasini kengaytirishga va korxonaning bozordagi mavqeini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Keywords: Mijozlar bilan ishlash tizimi, Iqtisodiy mohiyat, Mijozlar sodiqligi, Raqobatbardoshlik, Xizmat ko‘rsatish sifati, CRM texnologiyalari, Raqamli boshqaruv, Mijozlarga yo‘naltirilgan yondashuv.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor