VISERAL SEMIZLIK VA INSULIN REZISTENTLIGI: METABOLIK SINDROM RIVOJLANISHINING PATOFIZIOLOGIK ASOSLARI

03.06.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 6

Abstract. Visseral semizlik bugungi kunda metabolik sindrom, 2-tur qandli diabet va yurak-qon tomir patologiyalarining rivojlanishida asosiy xavf omillaridan biri sifatida e’tirof etiladi. Visseral yog‘ to‘qimasi oddiy energiya zaxirasi emas, balki faol endokrin organ bo‘lib, metabolik jarayonlarni boshqaruvchi biologik faol moddalarni ishlab chiqaradi. Ushbu maqolada visseral semizlik sharoitida insulin signalizatsiyasining buzilishi, adipokinlar muvozanatining o‘zgarishi, surunkali yallig‘lanish va lipid almashinuvining izdan chiqish mexanizmlari tahlil qilindi. Adabiyotlar asosida visseral yog‘ to‘qimasining metabolik sindrom patogenezidagi markaziy o‘rni yoritildi.

Keywords: visseral semizlik, insulin rezistentligi, metabolik sindrom, adipokinlar, yallig‘lanish, dislipidemiya


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor