ISLOM DININING XALQARO ALOQALAR VA DIPLOMATIK MUNOSABATLARDA TUTGAN O‘RNI

30.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5

Abstract. Mazkur maqolada Islom dinining xalqaro aloqalar va diplomatik munosabatlardagi tutgan o‘rni tarixiy hamda nazariy jihatdan tahlil qilingan. Unda islomiy diplomatiyaning asosiy tamoyillari — tinchlikparvarlik, shartnomalarga sodiqlik, elchilar daxlsizligi va muzokaralar orqali muammolarni hal etish masalalari yoritilgan. Shuningdek, Hudaybiya sulhnomasi, Arab xalifaligining Movarounnahrdagi diplomatik faoliyati, Talas jangi hamda Temuriylar davridagi xalqaro munosabatlar misolida islomiy diplomatiyaning tarixiy tajribasi ko‘rib chiqilgan. Maqolada Islomning Markaziy Osiyo xalqaro munosabatlar tizimiga ko‘rsatgan ta’siri va zamonaviy diplomatiya bilan uyg‘un jihatlari ilmiy manbalar asosida ochib berilgan.

Keywords: Islom diplomatiyasi, xalqaro munosabatlar, Hudaybiya sulhnomasi, siyar, Markaziy Osiyo, Arab xalifaligi, Temuriylar, diplomatik munosabatlar, xalqaro huquq.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor