29.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5
Abstract. Ushbu ilmiy maqolada o‘zbek tilining o‘g‘uz lahjasiga oid maishiy leksikaning geneologik tahlili keltiriladi. O‘g‘uz lahjasiga oid turli ishlar va lug‘atlar asosida yig‘ilgan so‘zlar doirasida ularning qaysi tildan kelib chiqib, o‘rganilayotgan lahjada qay darajada ishlatilganligi statistik va tahliliy metodlar asosida yoritilgan. Maqolaning maqsadi – o‘g‘uz lahjasi o‘rganilishini yanada kengaytirish, leksik qatlamning kelib chiqishini tahlil qilish orqali lahjaning o‘ziga xos jihalarini ochib berish. Tadqiqot natijalari o‘g‘uz lahjasi va uning o‘rganilish masalalariga qo‘shimcha ilmiy manba bo‘la oladi.
Keywords: o‘g‘uz lahjasi, o‘g‘uz etnogenezi, leksik qatlam, maishiy leksika, umumturkiy leksemalar, sheva, uy-ro‘zg‘or leksikasi, o‘zlashma qatlam.