UYG'ONISH DAVRI ADABIYOTINING BUYUK DRAMATURGI SHEKSPIRNING “HAMLET” TRAGEDIYASI HAQIDA

16.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5

Abstract. Ushbu maqolada William Shakespearening “Hamlet” tragediyasining badiiy-falsafiy mazmuni, asardagi inson ruhiyati talqini hamda adolat va haqiqat izlanishi masalalari tahlil qilinadi. Tragediyada Daniya shahzodasi Hamlet obrazining ichki kechinmalari, uning burch va vijdon o‘rtasidagi ruhiy kurashi, qasos motivining falsafiy mohiyati ochib beriladi. Shuningdek, saroy muhitidagi axloqiy inqiroz, xiyonat va sadoqat qarama-qarshiligi, hokimiyat uchun kurashning fojeali oqibatlari badiiy jihatdan yoritiladi. Maqolada asarning dramatik konflikti, qahramonlar xarakteri hamda tragediyaning jahon adabiyotidagi o‘rni ilmiy-nazariy asosda baholanadi.

Keywords: Shekspir, Hamlet, Ota arvohi, Klavdiy, Gertruda, Ofeliya, Poloniy, tragediya, Daniya, xiyonat.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor