16.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada Tebinbuloq koni negizida tashkil etilayotgan kon-metallurgiya kompleksida sun’iy intellekt (SI) texnologiyalaridan foydalanish orqali ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va xarajatlarni kamaytirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Mazkur yondashuv orqali metallurgiya majmuasining resurslardan optimal foydalanishi, ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi, energiya va xomashyo xarajatlarining kamayishi, shuningdek, mahsulot sifatining oshirilishi masalalari ko‘rib chiqiladi.
Keywords: Tebinbuloq koni, kon-metallurgiya majmuasi, sun’iy intellekt, ishlab chiqarish samaradorligi, xarajatlarni kamaytirish, ruda boyitish, metallurgiya texnologiyalari.