15.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada Orolbo‘yi hududida yashovchi xotin-qizlarning jismoniy faolligini oshirishda jismoniy mashqlar va sportning ahamiyati yoritilgan. Hududdagi ekologik muammolar, iqlim o‘zgarishlari hamda ijtimoiy omillarning ayollar salomatligiga ta’siri tahlil qilinib, jismoniy tarbiya vositalari orqali sog‘lom turmush tarzini shakllantirishning samarali usullari ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, xotin-qizlarni sport faoliyatiga jalb etishning pedagogik, ijtimoiy va sog‘lomlashtiruvchi jihatlari ilmiy asosda bayon etilgan.
Keywords: jismoniy faollik, sport, xotin-qizlar, Orolbo‘yi hududi, sog‘lom turmush tarzi, jismoniy mashqlar, salomatlik, ekologik muhit.