08.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5
Abstract. Mazkur ishda bolalarning funktsional holatini aniqlashda qo‘llaniladigan asosiy fiziologik ko‘rsatkichlar tahlil qilinadi hamda ularning ijtimoiy-gigiyenik omillar bilan o‘zaro bog‘liqligi yoritiladi. Bolalar organizmi rivojlanish jarayonida tashqi muhit ta’siriga juda sezgir bo‘lib, ovqatlanish, turmush sharoiti, jismoniy faollik, gigiyena qoidalariga rioya qilish kabi omillar ularning sog‘lig‘i va funksional holatiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Ishda yurak-qon tomir tizimi, nafas olish tizimi, asab tizimi ko‘rsatkichlari hamda antropometrik o‘lchamlar asosida baholash usullari ko‘rib chiqiladi.
Keywords: bolalar sog‘lig‘i, funktsional holat, fiziologik ko‘rsatkichlar, ijtimoiy-gigiyenik omillar, yurak urish tezligi, nafas olish, antropometriya, gigiyena.