08.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada yengil sanoat korxonalarida ishlab chiqarish jarayonlari davomida yuzaga keladigan asosiy xavf omillari, ularning xodimlar salomatligi, mehnat unumdorligi hamda korxona faoliyatining barqarorligiga ta’siri ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada yengil sanoat korxonalarida xavflarni baholash va boshqarishning zamonaviy usullari, jumladan risklarni identifikatsiya qilish, monitoring olib borish, profilaktik nazorat tizimlarini joriy etish, raqamli boshqaruv texnologiyalaridan foydalanish hamda xodimlar malakasini muntazam oshirib borish masalalari yoritilgan.
Keywords: kasbiy xavf, risklarni boshqarish, texnika xavfsizligi, ergonomika, kasbiy kasalliklar, baxtsiz hodisalar.