08.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5
Abstract. Ushbu maqolada XX asr oʻzbek adabiyotining durdonalaridan biri – Murod Muhammad Doʻstning “Lolazor” romani “shaxs va tuzum” muammosi prizmasidan tadqiq etiladi. Asarda turgʻunlik davri ijtimoiy-siyosiy muhitining inson ruhiyatiga koʻrsatgan halokatli taʼsiri, Nazar Yaxshiboyev obrazi orqali shaxsiyatning ikkilanishi va maʼnaviy inqirozi ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Maqolada tuzumning qoliplari va inson erkinligi oʻrtasidagi ziddiyatlar, xushomadgoʻylik va sadoqat tushunchalarining deformatsiyasi badiiy dalillar yordamida ochib beriladi. Tadqiqot natijalari mustabid tuzum sharoitida shaxsning oʻzligini saqlab qolish imkoniyatlari va fojiasini tushunishga xizmat qiladi.
Keywords: Murod Muhammad Doʻst, “Lolazor”, Nazar Yaxshiboyev, shaxs va tuzum, turgʻunlik davri, maʼnaviy inqiroz, badiiy psixologizm, konformizm, ijtimoiy qatagʻon.