08.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5
Abstract. Mazkur ilmiy maqolada paremiologiya fanining nazariy asoslari, uning tilshunoslik tizimidagi o‘rni hamda fransuz paremiologiyasining lingvokulturologik xususiyatlari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda paremiologik birliklarning semantik, strukturaviy va pragmatik jihatlari o‘rganilib, semantik oppozitsiya tushunchasi strukturalizm va kognitiv tilshunoslik nuqtai nazaridan izohlanadi. Ayniqsa, “hayot - mamot” oppozitsiyasi universal konseptual kategoriya sifatida chuqur tahlil qilinadi. Fransuz va o‘zbek paremiologiyasi qiyosiy asosda o‘rganilib, ularning umumiy va farqli jihatlari aniqlanadi.
Keywords: paremiologiya, maqol, matal, semantik oppozitsiya, lingvokulturologiya, strukturalizm, kognitiv tilshunoslik, konsept.