05.05.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 5
Abstract. Mazkur maqolada A2 bosqichida ingliz tilini o‘qitishda reproduktiv ko‘nikmalarni rivojlantirishning metodik asoslari tahlil qilinadi. Tadqiqotda tinglab tushunish va o‘qib tushunish ko‘nikmalarining o‘rni, ularni shakllantirishda samarali metod va yondashuvlar yoritilgan. Kommunikativ, integrativ va vazifaga asoslangan yondashuvlar asosida mashqlar tizimi ishlab chiqilgan hamda ularning amaliy samaradorligi asoslab berilgan. Shuningdek, A2 darajadagi o‘quvchilar uchun mos didaktik materiallardan foydalanish, strategiyalarni o‘rgatish va zamonaviy texnologiyalarni qo‘llashning ahamiyati ko‘rsatib berilgan.
Keywords: reproduktiv ko‘nikmalar, A2 daraja, tinglab tushunish, o‘qib tushunish, kommunikativ yondashuv, CEFR, ingliz tili metodikasi.