30.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4
Abstract. Ushbu maqolada Orol dengizining qurishi natijasida yuzaga kelgan global ekologik muammolar va dengizning qurigan tubida paydo bo‘lgan yangi sahro — Orolqumning shakllanish jarayonlari tahlil qilinadi. Muallif Orolqum sahrosidan ko‘tarilayotgan tuzli va changli bo‘ronlarning atrof-muhit hamda aholi salomatligiga salbiy ta’sirini yoritib beradi. Shuningdek, maqolada hududda ekologik muvozanatni tiklash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, xususan, dengiz tubida saksovulzorlar va yashil qoplamalar barpo etishning ahamiyati ilmiy asoslab berilgan.
Keywords: Orol dengizi, Orolqum, ekologik inqiroz, cho‘llanish, tuzli bo‘ronlar, yashil qoplamalar, saksovulzorlar, Orolbo‘yi, barqaror rivojlanish, ekotizim.