23.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4
Abstract. Mazkur maqolada kichik tadbirkorlik subyektlariga soliq solish tizimining zamonaviy xususiyatlari, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan soliq islohotlari hamda ularning kichik biznes faoliyatiga ta’siri kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida kichik biznes uchun amal qiluvchi soliq rejimlari, jumladan aylanmadan olinadigan soliq, qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) tizimiga integratsiya mexanizmlari hamda soliq imtiyozlarining iqtisodiy samaradorligi ilmiy asosda o‘rganilgan. Shuningdek, maqolada raqamli soliq ma’murchiligining joriy etilishi, xususan elektron hisob-faktura tizimi, onlayn nazorat-kassa texnikalari va avtomatlashtirilgan soliq hisobotlari orqali soliq tizimi shaffofligi va samaradorligining oshishi yoritilgan. Ushbu jarayon kichik tadbirkorlik subyektlari uchun ma’muriy yukni kamaytirib, ularning faoliyatini yengillashtirayotgani aniqlangan.
Keywords: kichik biznes, soliq siyosati, raqamli soliq tizimi, QQS, aylanma soliq, soliq yuk, fiskal siyosat, tadbirkorlik muhiti, innovatsiya, iqtisodiy o‘sish.