ATOM FIZIKASI FANIDAN KVANT SONLARINI O‘RGANISHDA PYDROID 3 ILOVASIDAN FOYDALANISH

21.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4

Abstract. Mazkur maqolada atom fizikasi fanida kvant sonlari tushunchasini o‘rganishda zamonaviy axborot texnologiyalaridan, xususan Pydroid 3 ilovasidan foydalanish metodikasi yoritilgan. Kvant sonlarining fizik mazmuni, ularning atom tuzilishidagi o‘rni hamda elektronlarning energetik holatlarini tavsiflashdagi ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, Python dasturlash tili asosida yaratilgan dasturiy modellar yordamida bosh kvant soni, orbital kvant soni, magnit kvant soni va spin kvant sonlarini vizual va hisoblash orqali tushuntirish usullari ko‘rsatib berilgan. Maqolada talabalar uchun interaktiv muhit yaratish, abstrakt fizik tushunchalarni aniq modellashtirish orqali o‘zlashtirish darajasini oshirish imkoniyatlari muhokama etilgan. O‘qitish jarayonida raqamli texnologiyalarni qo‘llashning afzalliklari, xususan, mustaqil ta’limni rivojlantirish, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va algoritmik fikrlashni rivojlantirishdagi roli asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari atom fizikasi fanini o‘qitishda innovatsion yondashuvlardan foydalanish samaradorligini ko‘rsatadi.

Keywords: atom fizikasi, kvant sonlari, bosh kvant soni, orbital kvant soni, magnit kvant soni, spin kvant soni, elektron konfiguratsiyasi, atom tuzilishi, kvant mexanikasi, Python dasturlash tili, Pydroid 3, modellashtirish, vizualizatsiya, interaktiv ta’lim, raqamli texnologiyalar, fizikani o‘qitish metodikasi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor