21.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4
Abstract. Ushbu maqolada modal so‘zlarning lingvistik tabiati va ularning til tizimidagi o‘ziga xos o‘rni tadqiq etiladi. Maqolada modal so‘zlarning lisoniy statusi, ularning tushuncha ifodalashdan ko‘ra, so‘zlovchi va nutq predmeti o‘rtasidagi munosabatni shakllantirishdagi roli ochib berilgan. Modal so‘zlar turli lingvistik maktablar nuqtayi nazaridan tasniflanib, ularning boshqa yordamchi so‘z turkumlari hamda modal ma’noli birliklardan farqli jihatlari tahlil qilingan.
Keywords: lingvistik tabiat, modallik kategoriyasi, tasnif, lisoniy status, subyektivlik, modal birliklar, til tizimi, deskriptiv tahlil.