21.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4
Abstract. Maqolada adabiyotshunoslikning zamonaviy yo‘nalishi raqamli poetika kontekstida kibermatn hodisasi tadqiq etiladi. Kibermatnning tarixiy ildizlarini aniqlash va uning zamonaviy adabiy jarayondagi o‘rnini belgilash maqsad qilib olingan. Kibermatn tushunchasi klassik adabiyotdagi nolinear strukturalar, xususan, Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostoni hamda zamonaviy ergodik adabiyot o‘rtasidagi tipologik o‘xshashliklar misolida yoritiladi.
Keywords: kibermatn, ergodik adabiyot, raqamli poetika, nolinear matn, gipermatn, algoritmik tahlil, seteratura.