TURLI DARAJADAGI ALIMENTAR KONSTITUTSIONAL SEMIZLIKDA TASHQI NAFAS OLISH FAOLIYATI KO‘RSATKICHLARI, O‘PKA ARTERIYASI BOSIMI VA BIOKIMYOVIY MARKERLAR O‘RTASIDAGI O‘ZARO BOG‘LIQLIK

18.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4

Abstract. Dolzarblik. Alimentar semizlik zamonaviy tibbiyotning eng muhim va keng tarqalgan muammolaridan biri bo‘lib, u organizmning turli tizimlariga, jumladan nafas olish tizimiga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Yog‘ to‘qimasining ortiqcha to‘planishi ko‘krak qafasi biomekanikasini buzadi, diafragma harakatchanligini cheklaydi hamda o‘pka hajmlarining kamayishiga olib keladi, natijada tashqi nafas olish faoliyati izdan chiqadi. Bundan tashqari, semizlik o‘pka qon aylanishida gemodinamik o‘zgarishlar bilan kechib, o‘pka arteriyasi bosimining oshishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, semizlik surunkali past darajali yallig‘lanish va metabolik buzilishlar bilan xarakterlanib, respirator disfunksiyani yanada kuchaytiradi.

Keywords: alimentar semizlik, tashqi nafas olish faoliyati, spirometriya, FEV₁(in 1 second forced expiratory volume), o‘pka arteriyasi bosimi, ExoKG, C-reaktiv oqsil, ferritin, glyukoza.PAP(pulmonary artery pressure)


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor