18.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4
Abstract. Mazkur maqolada bolalar uchun mo‘ljallangan smart kiyimlarni ishlab chiqishda marketing tadqiqotlari natijalari, iste’molchilar ehtiyojlari hamda zamonaviy 3D texnologiyalarning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida 2023–2024-yillarda Farg‘ona vodiysi hududlarida ikki bosqichli so‘rovnoma o‘tkazilib, respondentlarning smart kiyimlarga qo‘yadigan funksional, ergonomik va estetik talablari o‘rganildi.
Keywords: smart kiyim, bolalar kiyimi, marketing tadqiqoti, iste’molchi talabi, 3D skanerlash, virtual prototiplash, GPS moduli, isitish tizimi, funksional kiyim, innovatsion texnologiya.