15.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4
Abstract. Mazkur maqolada Umar Xayyom ruboiylarining tasavvufiy talqini masalasi tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy maqsadi shoir ijodiga nisbatan shakllangan “ishratparast shoir” haqidagi qarashlarni qayta ko‘rib chiqish va ruboiylardagi botiniy ma’nolarni ochib berishdan iborat. Shuningdek, Xayyomning ilmiy-falsafiy merosi hamda matematika va astronomiya sohasidagi faoliyatining uning poetik tafakkuriga ta’siri yoritiladi. Maqolada ruboiylarda uchraydigan “may”, “soqi”, “ko‘za” kabi obrazlar tasavvufiy ramzlar sifatida talqin qilinadi. Xayyom ijodining falsafiy-estetik mohiyati va uning jahon adabiy tafakkuridagi o‘rni ham baholanadi.
Keywords: Umar Xayyom, ruboiy, tasavvufiy talqin, botiniy ma’no, ramz, falsafiy meros, Sharq uyg‘onish davri.