NOQONUNIY BOYLIK ORTTIRGANLIK UCHUN JAVOBGARLIKNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

15.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4

Abstract. Ushbu maqolada noqonuniy boylik orttirganlik uchun jinoiy javobgarlikni O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga joriy etish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot korrupsiyaga qarshi kurashning xalqaro standartlari, xususan BMT Korrupsiyaga qarshi Konventsiyasi (UNCAC) 20-moddasi talablari asosida olib borilgan. Maqolada O’zbekiston amaldagi qonunchiligining holati, xorijiy davlatlar tajribasi va mazkur institutni milliy huquqqa tatbiq etishning nazariy hamda amaliy muammolari ko’rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari shuni ko’rsatadiki, noqonuniy boylik orttirganlik uchun javobgarlikni joriy etish O’zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashni sezilarli darajada kuchaytirishi mumkin, biroq bu jarayon Konstitutsiyaviy kafolatlar, ayniqsa, aybsizlik prezumpsiyasi prinsipiga muvofiq ehtiyotkorlik bilan amalga oshirilishi lozim.

Keywords: noqonuniy boylik orttirganlik, korrupsiya, UNCAC, jinoiy javobgarlik, aybsizlik prezumpsiyasi, moliyaviy monitoring, davlat xizmatchisi, mulk deklaratsiyasi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor