11.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4
Abstract. Mazkur maqolada O‘zbekiston Respublikasida suv toshqinlari, sel oqimlari, qor ko‘chishi va yer ko‘chkisi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etishning huquqiy asoslari tahlil qilingan. Tadqiqotda Toshqinga qarshi hukumat komissiyasining faoliyati, davlat boshqaruvi organlarining vazifalari va sohaga oid normativ-huquqiy hujjatlarning ahamiyati yoritib berilgan. Shuningdek, daryolar o‘zanlarini tozalash, qirg‘oqlarni mustahkamlash va noruda foydali qazilmalarni qazib olish tartibini tartibga soluvchi huquqiy mexanizmlar bayon etilgan.
Keywords: suv toshqini, sel oqimi, favqulodda vaziyat, huquqiy asos, Hukumat komissiyasi, daryo o‘zanini tozalash, qirg‘oqni mustahkamlash, fuqaro muhofazasi, xavfli gidrometeorologik hodisalar.