11.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4
Abstract. Mazkur maqolada ingliz tilidagi ijtimoiy tarmoqlar diskursining pragmatik xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda ijtimoiy tarmoqlarda yuzaga keladigan muloqotning nutqiy, funksional va kommunikativ jihatlari pragmatika nuqtai nazaridan o‘rganildi. Xususan, nutq aktlari, implikatura, presuppozitsiya, deiksis, politeness va impoliteness strategiyalari, shuningdek emoji, hashtag, qisqartmalar va boshqa multimodal vositalarning pragmatik yuklamasi ko‘rib chiqildi. Natijalar ingliz tilidagi ijtimoiy media diskursi an’anaviy yozma nutqdan yuqori interaktivligi, qisqaligi, ekspressivligi, kontekstga kuchli bog‘liqligi hamda auditoriyaga yo‘naltirilganligi bilan farqlanishini ko‘rsatdi. Ushbu maqola pragmatika, diskurs tahlili, media lingvistikasi va ingliz tili kommunikatsiyasi bo‘yicha tadqiqotlarda nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega.
Keywords: ijtimoiy tarmoq diskursi, pragmatika, ingliz tili, nutq akti, implikatura, deiksis, politeness, impoliteness, emoji, hashtag, multimodallik.