10.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4
Abstract. Ushbu ilmiy maqolada davlat xaridlari tizimida korrupsion xavflarni kamaytirishda elektron platformalarning o‘rni tahlil qilinadi. Tadqiqotda O‘zbekiston Respublikasining “Davlat xaridlari to‘g‘risida”gi Qonuni, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni, davlat xaridlarini amalga oshirish tartibini belgilovchi hukumat qarori hamda Prezidentning korrupsiyaga qarshi siyosatni kuchaytirishga doir farmon va qarorlari asosida elektron xarid mexanizmlarining huquqiy asoslari yoritiladi. Maqolada elektron do‘kon, auksion, tanlov, tender va maxsus axborot portali kabi raqamli vositalarning ochiqlik, shaffoflik, raqobat, manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va jamoatchilik nazoratini kuchaytirishdagi ahamiyati asoslab beriladi. Tahlil natijasida elektron platformalar inson omilini qisqartirish, qaror qabul qilish jarayonini izchil qayd etish, shikoyatlarni elektron ko‘rib chiqish, affillanganlikni aniqlash va ma’lumotlarni ommaga ochiq e’lon qilish orqali korrupsiyaning oldini olishda samarali institutsional mexanizm ekanligi xulosa qilinadi.
Keywords: davlat xaridlari, korrupsiya, elektron platforma, maxsus axborot portali, shaffoflik, ochiqlik, raqobat, manfaatlar to‘qnashuvi, elektron tender, jamoatchilik nazorati, raqamlashtirish.