XALQARO HISOB STANDARTARI NEGIZIDA INVESTITSIYALAR HISOBINI YURITISHNING AFZALLIKLARI

10.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4

Abstract. Mazkur maqolada investitsiyalar hisobini yuritishda International Financial Reporting Standards (IFRS)ning nazariy asoslari va amaliy qo‘llanilish jihatlari chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida investitsiyalarni tan olish mezonlari, ularni baholash usullari (dastlabki qiymat, adolatli qiymat va amortizatsiyalangan qiymat), shuningdek moliyaviy hisobotlarda aks ettirish tamoyillari atroflicha o‘rganildi. Maqolada IFRS asosida yuritiladigan hisob tizimining afzalliklari, jumladan moliyaviy axborotlarning shaffofligi, ishonchliligi va xalqaro darajada taqqoslanishi asoslab berilgan. Shuningdek, xalqaro standartlar asosida investitsiyalar hisobini yuritish korxonalarning investitsion jozibadorligini oshirishi, xorijiy investorlarni jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirishi hamda global moliya bozorlariga integratsiyalashuv jarayonini tezlashtirishi yoritilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, IFRSni amaliyotga joriy etish investitsiya faoliyatini samarali boshqarish va moliyaviy risklarni kamaytirishda muhim omil hisoblanadi.

Keywords: Investitsiyalar hisobi, moliyaviy hisobot, I F R S, adolatli qiymat, investitsiya faoliyati, global moliya bozori, investitsiya jozibadorligi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor