GANDBOLDA MUSOBAQA DAVRIDA OKMK JAMOASI MARKAZ O‘YINCHILARINING O‘YINNI BOSHQARISH VA HUJUM SAMARADORLIGINI OSHIRISH

09.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4

Abstract. Mazkur maqolada musobaqa davrida OKMK gandbol jamoasi markaz o‘yinchilarining o‘yinni boshqarish va hujum samaradorligini oshirish masalalari o‘rganilgan. Tadqiqot jarayonida markaz o‘yinchilarining texnik-taktik harakatlari, qaror qabul qilish tezligi, uzatma aniqligi va golli hujumlardagi ishtiroki tahlil qilindi. Pedagogik kuzatuv, video-tahlil va statistik usullar asosida musobaqaning birinchi va ikkinchi bo‘limlarida samaradorlik ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar aniqlandi. Olingan natijalarga asoslanib, musobaqa davriga mos maxsus texnik-taktik mashqlar tizimi ishlab chiqildi va uning samaradorligi tajriba orqali baholandi. Tadqiqot natijalari ishlab chiqilgan mashqlar tizimi markaz o‘yinchilarining hujumni boshqarish va umumiy o‘yin samaradorligini oshirishda samarali ekanligini ko‘rsatdi.

Keywords: Gandbol, markaz o‘yinchisi, musobaqa davri, o‘yinni boshqarish, hujum samaradorligi, texnik-taktik tayyorgarlik, maxsus mashqlar tizimi, OKMK jamoasi.


Telegram ZENODO OpenAire Copernicus Cyberleninka Google Scholar Impact Factor