08.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4
Abstract. Mazkur maqolada bulutli texnologiyalar asosida ta’lim menejment axborot tizimini takomillashtirish va joriy etish yo‘llari tahlil qilinadi. Oliy ta’limni 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida raqamli texnologiyalarni o‘quv jarayoni va boshqaruvga keng joriy etish, “Raqamli universitet” yondashuvi, Student Record System va yagona boshqaruv axborot tizimlarini rivojlantirish ustuvor yo‘nalish sifatida belgilangan [1]. Tadqiqotda qiyosiy tahlil, tizimli yondashuv, kontent tahlili va sintez usullaridan foydalanildi. Natijada bulutli texnologiyalar asosidagi ta’lim menejment axborot tizimini takomillashtirishning besh ustuvor yo‘nalishi aniqlandi: modulli arxitektura, ma’lumotlar integratsiyasi, foydalanuvchi markazli xizmatlar, axborot xavfsizligi va kadrlar salohiyatini oshirish. Shuningdek, tizimni joriy etishning bosqichma-bosqich modeli taklif qilindi. Maqolada O‘zbekiston tajribasi HEMIS tizimi va xorijiy yondashuvlar bilan qiyosiy tahlil qilinib, amaliy tavsiyalar ishlab chiqildi.
Keywords: bulutli texnologiyalar, ta’lim menejment axborot tizimi, HEMIS, raqamli universitet, oliy ta’lim, cloud computing, EMIS, LMS, axborot xavfsizligi, integratsiya.