07.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4
Abstract. Ushbu maqolada, zamonaviy o‘zbek nasrining yirik namoyandalaridan biri bo‘lgan Shukur Xolmirzayevning adabiy merosi tahlil qilinadi. Unda yozuvchining asarlaridagi mavzu doirasi, badiiy uslubi hamda ijtimoiy-madaniy ahamiyati yoritilib, nima sababdan u o‘zbek adabiyotining faxri sifatida e’tirof etilishi asoslab beriladi. Shuningdek, uning realistik tasvir, psixologik tahlil va insoniy munosabatlarni ifodalashdagi o‘rni ko‘rsatib o‘tiladi.
Keywords: Shukur Xolmirzayev, o‘zbek adabiyoti, zamonaviy nasr, realizm, badiiy uslub, psixologik tahlil, milliy qadriyatlar, adabiy meros.