04.04.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 4
Abstract. Ushbu maqolada zamonaviy biznes boshqaruvida axborotlarni qo‘lda kiritish va an’anaviy jadvallarga tayanuvchi boshqaruv usullaridan voz kechib, mijozlar bilan munosabatlarni elektron boshqarish (CRM) tizimlariga o‘tishning ob’ektiv zaruriyati tadqiq etiladi. Maqolaning asosiy yangiligi — CRM tizimlarini joriy etish orqali boshqaruv samaradorligining oshishini statistik ma’lumotlar va qiyosiy diagrammalar yordamida asoslab berishdir. Tadqiqotda ma’lumotlarni mexanik qayta ishlashning cheklovlari va raqamli tizimlarning unumdorlikni 34% gacha oshirish imkoniyatlari o‘zaro qiyoslangan. Ushbu maqolada zamonaviy kompaniyalarning raqobatbardoshligini oshirishda raqamli transformatsiya jarayonlarining o‘rni yoritilgan bo‘lib, unda CRM tizimlarini joriy etish orqali boshqaruv samaradorligini optimallashtirish va resurslardan foydalanish darajasini oshirish masalalari tahlil qilinadi. Shuningdek, tizimning amaliy samaradorligi raqamli ko‘rsatkichlar hamda qo‘lda kiritish usuli bilan qiyosiy solishtirma tahlillar orqali asoslab beriladi."
Keywords: CRM, ma’lumotlarni qo‘lda kiritish, boshqaruv samaradorligi, unumdorlikni oshirish, statistik tahlil, investitsiya rentabelligi (ROI), raqamli transformatsiya, biznes jarayonlarini optimallashtirish.