30.03.2026 "Modern Science and Research" xalqaro ilmiy jurnali 1 seriyasi. Volume 5 Issue 3
Abstract. Mazkur maqolada mediatsiya institutining huquqiy tizimdagi o‘rni va ahamiyati umumiy tarzda yoritilgan. Unda mediatsiyaning mohiyati, asosiy tamoyillari hamda nizolarni muqobil hal etish usuli sifatidagi afzalliklari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek, mediatsiyaning an’anaviy sud jarayonidan farqli jihatlari, xorijiy tajriba hamda O‘zbekistonda uning rivojlanish holati haqida umumiy ma’lumot berilgan. Maqolada mediatsiya institutini yanada rivojlantirish zarurati asoslab berilib, uning huquqiy tizim samaradorligini oshirishdagi o‘rni ko‘rsatib o‘tilgan.
Keywords: Mediatsiya, huquqiy tizim, nizolarni hal etish, mediator, sud jarayoni, muqobil usullar, huquqiy islohotlar.